Oʻzbekistonda aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etiladi

Fitobarlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda,

Oʻzbekistonda aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etiladi


Fitobarlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yoʻl vokzallarida ham tashkil etiladi

TOSHKENT, 11 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda aholi gavjum joylarda, xususan, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab maktab va OTMlarda fitobarlar tashkil etiladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

 

"2020 yilning 1 iyunidan boshlab bosqichma-bosqich barcha vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barcha turdagi avtovokzal, temir yoʻl vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boshqa aholi gavjum joylarda fitobarlar tashkil etiladi", - deyiladi xabarda.

Tadbirkorlar tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obʼyektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi.

Bunda, fitobarlar vending avtomatlari orqali tashkil qilingan hollarda, davlat mulki obʼyektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari hisoblanmaydi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor oʻsimliklarni rivojlantirish boʻlimi negizida Dorivor va ziravor oʻsimliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.



Read more: https://oz.sputniknews-uz.com/news/20200411/13905102/zbekistonda-aoli-gavzhum-zhoylarda-fitobarlar-tashkil-etiladi.html