Tibbiyot tashkilotlarida 1 maydan xalq tabobati xonalari ochiladi

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan:

Tibbiyot tashkilotlarida 1 maydan xalq tabobati xonalari ochiladi


2020 yil 1 maydan tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi davlat koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarida hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi.

TOSHKENT, 11 apr - Sputnik. Tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi, bu haqda "Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" prezident qarorida aytilgan.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan:

* davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi (Respublika markazi);

* tibbiyot OTMlarida va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari (Hududiy markazlar) tashkil etiladi.

Respublika markazining asosiy vazifalaridan biri xalq tabobati usullaridan foydalangan holda kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashning samaradorligini tahlil qilish va oʻrganishdan iborat.

Respublika markazi Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi va unga hisobdor boʻladi.

Respublika markaziga sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Hududiy markazlarda oʻqitish sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha pullik asosda amalga oshiriladi, oʻqitish qiymatining miqdori Respublika markazi tomonidan belgilanadi.

Hududiy markazlarning bitiruvchilariga xalq tabobati boʻyicha malaka oshirganlik toʻgʻrisida rasmiy hujjat deb tan olinadigan belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.

Xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarga Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi xalq tabobatining tegishli yoʻnalishlarida faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.

2020 yil 1 maydan tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi davlat koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarida hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida xalq tabobati xonalari ochiladi.



Read more: https://oz.sputniknews-uz.com/news/20200411/13901909/Tibbit-tashkilotlarida-1-maydan-khal-tabobati-khonalari-ochiladi.html